Ishlab chiqarish
EXEED bosh muhandisi
Piter Matkin
Piter Matkin Jaguar Land Rover guruhida katta tajriba to‘plashga muyassar bo‘lgan. Hozirda bu mutaxassis EXEED avtomobillarini boshqaruvchanligiga shaxsan bosh-qosh bo‘lmoqda. Bugungi kunda Piter Matkin rahbarligida yaratilayotgan EXEED avtomobillari o‘zining ilgarilab ketgan texnologiyalari bilan har qanday nozikta’b kishining e’tiborini tortmasdan qolmaydi.
EXEED bosh dizayner-interyeri
Stiv Yum
EXEED brendining bosh interer-dizayneri Stiv Yum Hyundai, Ford va General Motors kabi xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, o‘z tajribasini nihoyatda boyitib borgan. Bugungi kunda u o‘z yo‘nalishini miridan-sirigacha yaxshi biladigan inson sifatida umume’tirof etilgan. Stiv Yum 2020 yildan boshlab EXEED Vitse-prezidenti, va shu bilar birga dizayniga ham mas’ul insondir. U o‘zining boy tasavvuri va ulkan tajribasi evaziga EXEED avtomobillari dizaynini haqiqiy san’atga aylantirib, avtoixlosmandlar ko‘nglini zabt etishga qodir yangi EXEED avtomobillarini O‘zbekistonda ham sotib olish imkoniyatini yaratmoqda.
EXEED shef-dizayderi
Kevin Rays
Jahon avtosanoatida katta hurmat-e’tiborga ega bo‘lgan yana bir inson bu EXEED shef-dizayneri – Kevin Rays. Dastavval o‘z karerasini Opel kompaniyasida boshlagan Kevin, keyinchalik Mazda brendining dizayn-markazida 5 yil davomida kreativ direktor lavozimida faoliyat yuritgan. Mazkur kompaniyalarda u MX-5, RX-8 sportkupesini yaratishda faol qatgashgan. Shundan so‘ng, u mashxur BMW 1, BMW 3 (2011), BMW 4 (2013), 3GT (2013) markalar dizayniga javobgar bo‘lgan.