Asaka Motors kompaniyasi EXEED premial yo‘ltanlamaslarini taqdim etdi.

Shu yilning 24 iyun kuni Toshkentda EXEED brendining Oʼzbekiston bozoriga chiqarilishiga bagʼishlangan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirga davlat mulozimlari, diplomatik vakillar, kompaniya hamkorlari, mashhur shaxslar va taniqli blogerlar Аsaka Motors kompaniyasini va EXEED brendini tabriklash va fikrlarini bildirish maqsadida yigʼilishdi.

Tadbirni Asaka Motors kompaniyasini bosh direktori Avaz Jalilov o‘z so’zlari bilan ochib berdi. Tadbirning faxrli mehomonlari O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Hurram Teshaboev va EXEED zavodining Xitotoydagi bosh direktori Jeff Lu bo‘ldilar. Avaz Jalilov Asaka Motors zavodida yangi avtomobillar ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilganidan va konveyerdan ilk EXEED yo‘ltanlamaslari chiqqanidan faxrlanishini bildirdi. «EXEED-bu innovatsion texnologiyalar, xavfsizlik, qulaylik va yuqori sifatligi bilan ajralib turadigan avtomobillar. O‘laymanki, mamlakatimiz aholisi ushbu avtomobillarning barcha afzalliklarini yuqori baholaydi va ularning yuqori sifatiga ishonch hosil qiladi» – dedi u.

Tadbir davomida O‘zbekistonda EXEED avtomobillari sotuvining rasmiy ravishda boshlangani e‘lon qilindi. Ushbu tantanali lahza ramziy tugmachani bosish bilan boshlab berildi.

Tadbirda taniqli o’zbek va jahon yulduzlari o‘z chiqishlari bilan kechaga fayz bag‘ishladi. O’zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining mashhur xitlarini ijro etdi va u ushbu oqshom uchun maxsus tayyorlagan Xitoy tilidagi kompozitsiyasini ham taqdim etdi. «Men uzoq vaqt davomida qaysi qo‘shiqni xitoy tilida ijro etishni tanladim, sababi qo‘shiq hammaga yoqishini xohlagan edim ” – dedi Yulduz Usmonova.

Mashhur italiyalik opera qo’shiqchisi Alessandro Safino yana bir taniqli mehmon bo’ldi. Milliy ansambl xalq raqslarini ijro etdi, mahalliy estrada yulduzlari esa o’zbek va jahon taniqli ashulalrini ijro etishdi. Jonli musiqa ijro etgan orkestr tadbirga alohida zavq bag‘ishladi.



