EXEED O‘zbekiston avtomobil bozoridan nimani kutmoqda?
EXEEDning ilk avtomobillari Toshkentga yetib keldi.
Avval xabar berganimizdek, EXEED O‘zbekiston avtobozoriga o‘zining uchta tansiq yo‘ltanlamas – ixcham EXEED LX, o‘rtao‘lchamli EXEED TXL, to‘liqo‘lchamli EXEED VX avtoulovlarini namoyish etgan edi.
Asaka Motors International EXEEDning O‘zbekistondagi asosiy rasmiy distribyutori hisoblanadi. Biz bugun Asaka Motors Internationalning tijorat direktori Saidjon Tursunov bilan EXEEDning mamlakatimizda yaqin kelajakda amalga oshiradigan rejalari va istiqbollari xususida suhbatlashdik.
R.: Assalomu alaykum, Saidjon! Bilishimizcha, EXEEDning ilk avtomobillari O‘zbekistonga kirib keldi, shundaymi?
S.T.: Ha, chindan ham yurtimizga kirib keldi. Tez kunlarda Siz bu borada ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishasiz. Biz jurnalistlar va VIP-mijozlar uchun eksklyuziv test-drayverlar tayyorlayapmiz, hademay matbuot anjumani o‘tkazamiz.
R.: Asaka Motors International EXEED brendidan nimalarni rejalashtirgan? Keyingi harakatlaringiz?..
S.T.: Ayni paytda biz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida texnik uskuna va jihozlarni o‘rnatmoqdamiz. Bu o‘ta nozik texnik jarayon bo‘lgani sababli bevosita EXEED zavodi vakillari bilan birgalikda, bahamjihatlikda amalga oshirilmoqda. Ilk avtomobillarimizni, tahminan, bahor mavsumining oxirlariga chiqarish niyatidamiz.
R.: Qaysi model birinchi bo‘lib ishlab chiqariladi?
S.T.: Dastlabki na’muna sifatida yo‘ltanlamas flagman chiziqli EXEED VX konveyerdan chiqadi. Asosan uchta – EXEED – VX, TXL, LX modellarini birdaniga ishlab chiqarishni rejalashtirayapmiz. Ishlab chiqarishimiz quvvati bir vaqtning o‘zida bir necha modelni ishlab chiqarishga yetgani uchun har uchalasini birvarakayiga yo‘lga qo‘ymoqchimiz.
R.: EXEEDning O‘zbekiston bozoridagi istiqboli haqida qanday fikrdasiz?
«S.T.: EXEEDning O‘zbekiston bozoridagi istiqbolini so‘zsiz nekbin baholayman. Eslatishim joiz, EXEED – eng tansiq avtomobil brendlardan biri! Mahsulot yevropaning mumtoz ilg‘or an’analari asosida hamda eng zamonaviy avtomobilishlabchiqarish texnologiyalarini o‘zida mujassamlashtirgani uchun ham O‘zbekistondagi raqobatchilariga bir vaqtning o‘zida ikkitaraflama boshog‘riq bo‘ladi. Brend mahsulotimizning raqobatda ustunligining asosiy omillaridan biri: avtomobilni komfort hamda texnik havfsiz ishlab chiqarish jarayonida ulkan intellekt tizim va uning ko‘makchilariga tayanadi.»
R.: Suhbat uchun tashakkur! Ishlaringizda omad tilaymiz!
S.T.: Sizga ham tashakkur! Bizning yangiliklarimizdan box
abar bo‘lib turing. Shuningdek, barcha qiziqqanlarni saytimizdagi test-drayvga yozilishga taklif qilib qolamiz
Asaka Motors International tijorat direktori Saidjon Tursunov