EXEED zavodi O’zbekistonda ishga tushishga tayyorlanmoqda.
Zavodda avtomobilarni sinovdan o’tkazish uchun yuk ko’tarish moslamalari, maxsus qurilmalar o’rnatilgan.
EXEEDning rejasi boyicha O’zbekistondagi rasmiy vakili Asaka Motors International ishlab chiqarishni yaqin oylarda boshlanadi.
O’tgan haftada EXEEDning Osiyo va Tinch Okeaniya mintaqasi hududiy direktori Jeff Liu Toshkentni rasmiy tashrifi bilan buyurdi.
«O’zbekiston – bosqichma bosqich rivojlanayotgan bozor bo’lib, bu yerda yangi avtomobillarga qiziqish tobora ortib bormoqda. Avtomobil bu nafaqat transport vositasi, balki hayot tarzining ajralmas qismidir. EXEED brendi o’zining tadqiqot ruhi va doimiy takomillashtirishga intilishi bilan mashhur. O’ylaymanki, o’zbek avtomobil ixlosmandlari EXEED avtomobillarning barcha afzalliklarini qadrlashadi.» – dedi Jeff Liu.
EXEEDning Osiyo va tinch okeani mintaqasi boyicha direktori Jeff Liu(chapda) va Asaka Motors International bosh direktorining o'rinbosari Akramjon Tuxtaboyev (o'ngda) zavodning ishlab chiqarish hududlarini o'rganishmoqda. Toshkent sh.
Toshkent shahridagi zavodga shtab-kvartiraning vakili, EXCEEDning Osiyo va tinch okeani mintaqasi direktori, zavod shatab-kvartirasi vakili Jeff Liuning Toshkent shahriga tashrifi.
Asaka Motors International bosh direktori o’rinbosari Akramjon Tuxtaboyevning so’zlariga ko’ra:
«Dastlabki bosqichda yiliga 5000 ga yaqin avtomobil yig’iladi. Keyinchalik, biz yiliga 20 000 tagacha avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga erishishni rejalashtirmoqdamiz».
Uchrashuv davra suhbatida davom etdi, unda tomonlar hamkorlikning strategik masalalarini muhokama qilishdi hamda yaqin kelajakdagi masalalarni hal qilishni kelishib olishdi.
Eslatib o’tamiz, Asaka Motors International va EXEED brendi o’rtasida yanvar oyida tegishli kelishuv hujatlari imzolandi.