+998 55 520 07 07
UZ

Yangi premium avtomobil brendi rasmiy ravishda O’zbekiston bozoriga chiqmoqda.

Yevropa avtosanoatining chinakam vorisi, yuqori qiymatli EXEED brendli premium avtomobili ilg’or Xitoy texnologiyalari asosida O’zbekiston bozoriga chiqariladi. EXEED brendini O’zbekistonga Asaka Motors International kompaniyasi taqdim etadi.

Pekin va Toshkent vakillari o’rtasidagi o’zaro kelishuvni imzolash 9 yanvar kuni online tarzda amalga oshirildi.

Asaka Motors International vakillari marosimda EXCEED bo'yicha shartnoma imzolashdi.

EXEED zavodi vakillari Asaka Motors bilan kelishuv shartnomasini imzolash marosimida.

Imzolash marosimda avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan quyidagilar ishtirok etdi : EXEED International prezidenti Zhang Guibin, EXEED International vitse prezidenti Zhu Shaodon, Sharqiy Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqalari bo’yicha bosh direktor o’rinbosari Jeff Liu, biznesni rivojlantirish direktor o’rinbosari Zhou Xianhui, xalqaro bozor bo’yicha ishlash direktor Wang Chuan Jiang va O’zbekiston bo’yicha tijorat direktori Lawson Han.

Asaka Motors International top menеjerlari

O’zbekiston tomonidan Asaka Motors Internationalning qatnashgan vakillari: Bosh direktor Rustam Bekchanov, tijorat direktori Saidjon Tursunov, savdo direktori Do’stmurod Husanboev, afterseylz menejeri Umarxon Sharif, ishlab chiqarish direktori Quvonchbek Yusupov, moliya direktori Yelena Yampolskaya, rivojlantirish bo’yicha direktor Nodirbek Qurbonov.

Loyihadan ko’zlangan maqsad O‘zbekistonda premium avtomobillarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirish. Shuningdek, nafaqat yakuniy mijozlar uchun avtomobillar narxini sezilarli darajada pasaytiradi, balki ko’plab qo’shimcha ish o’rinlarini yaratadi. Asaka Motors International kompaniyasi mamlakatning barcha hududlarida EXEED dilerlik tarmog‘ini rivojlantiradi. Dastlab, 2023-yil bahorida Toshkentdagi 2 ta flagman ko‘rgazma zallari o‘z eshiklarini ochadi. Poytaxtimizdagi EXEED dilerlik markazlari bilan birgalikda Samarqand, Navoiy va Farg‘onada avtosalonlarni ochish rejalashtirilgan.

Rustam Bekchanov Asaka Motors International Bosh direktori

Biz O‘zbekistonda EXEED brendini rasmiy taqdim etishdan chin dildan mamnunmiz. Brendga xos bo’lgan eng yuqori standartlar va sifat talablari hech qanday shubhasiz qondiriladi. Yangi mahsulot qatorini yetkazib berish 2023-yil mart oyida boshlanadi. Unga flagman SUV (yo’ltanlamas) EXEED VX, zamonaviy TXL va EXEED LX yoshlarbop modeli kiradi. Premium avtomobillarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirish borasida biz intiqlik bilan kutamiz, chunki bu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi”, — dedi Asaka Motors International MChJ bosh direktori Rustam Bekchanov.

“EXEEDning falsafasi doimiy o’z-o’zini takomillashtirib borish. Biz doimiy rivojlanishga, taraqqiy etishga, tashabbus ko’rsatishga, noma’lum narsalarni o’rganishga va yangiliklarni joriy etihsga intilamiz. Bizning taomilimiz yo’rqin kelajak va faravon hayot uchun kun sayin yuksalib borish. Va biz EXEED avtomobillari endi O‘zbekistonda rasman taqdim etilishidan mamnunmiz, bu Markaziy Osiyoda EXEED uchun muhim bozor”, — dedi Xan Lawson, EXEED kompaniyasining O‘zbekistondagi savdo bo‘yicha direktori.

EXEED – avtomobil ishlab chiqarish sohasida ulkan tajriba va sinovlarga ega premium brend hisoblanadi. Uning yaratilishida evropaning turli avtomobil konsernlarning muhandis va dizaynerlari ishtiroq etishgan. Shuningdek, EXEED jamlamasini ishlab chiqarishning ma’lum qismida Intel, Bosch, Magna, Benteler kabi dunyoning peshqadam avtoishlabchiqaruvchilari ishtirok etishgan. Asaka Motors International kompaniyasi 2021 yilda tashkil topgan.

Проставляя отметку, я выражаю свое согласие и разрешаю «ASAKA MOTORS INTERNATIONAL», а также, по их поручению, третьим лицам в соответствии с Законом Республики Узбекистан «О ПЕРСОНАЛЬНЫХ ДАННЫХ» №ЗРУ-547 от 02.07.2019 года осуществлять обработку моих персональных данных (фамилия, имя, отчество, год, месяц, дата и место рождения; адрес, номер паспорта и сведения о дате выдачи паспорта и выдавшем его органе; образование, профессия, место работы и должность; домашний,рабочий и мобильный телефоны; адрес электронной почты и другие данные, требуемые для отправки сообщения), включая сбор, систематизацию, накопление, хранение, уточнение, использование, распространение (в том числе трансграничную передачу), обезличивание, уничтожение персональных данных, в целях связанных свозможностью предоставления информации о товарах и услугах, которые потенциально могут представлять интерес, а также в целях сбора и обработки статистической информации и проведения маркетинговых исследований. Согласие на обработку персональных данных в соответствии с указанными выше условиями я предоставляю на 10 (десять) лет. Я уведомлен и согласен с тем, что указанное согласие может быть мной отозвано посредством направления письменного заявления заказным почтовым отправлением с описью вложения, либо вручено лично под подпись.
Arizangizni yuboring